Bright Uzbekistan va Koc Construction - mukammal hamkorlik misoli

Bright Uzbekistan jurnalining ikkinchi soni loyiha hamkori, Bosh homiy KOÇ Construction kompaniyasi rahbari Yusuf Sarikochga topshirildi.

Yusuf Sarikoch yangi son kontenti bilan tanishar ekan, uni O'zbekiston va Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarini yanada mustahkamlovchi va O'zbekistonning xalqaro maydondagi imidjini yuksaltiruvchi muhim media loyiha ekanligini qayd etdi.

Shuningdek, KOÇ Construction rahbari Bright Uzbekistan jurnalining yangi soni sifat jihatidan dunyoning eng yirik jurnallaridan qolishmasligini qo'shimcha qildi.

Uchrashuv davomida, kelgusi sonlarda ham hamkorlikni muntazam davom etish masalalari muhokama qilindi.