Britaniyada elektr energiyasini tejab ishlatgan oilalarga pul mukofoti beriladi

Britaniyadagi “National Grid” kompaniyasi mijozlarni kuz-qish mavsumida elektr energiyasi iste'molini kamaytirishga jalb qilmoqchi. Bunda aholiga elektr energiyasini tejagani uchun pul mukofoti beriladi. Bu tizim sentabr oyidan yo’lga qo’yiladi.

Ma'lum qilinishicha, soat 17:00 dan 20:00 gacha bo'lgan uch soatlik vaqt mobaynida elektr energiyasidan foydalanishni to'xtatgan uy xo'jaliklariga har bir kilovatt-soat uchun 6 funt ya’ni 7 dollargacha to’lanishi rejalashtirgan.

Kompaniya xodimlari aqlli hisoblagichlari bo'lgan odamlardan kir yuvish mashinalari, quritgichlar va shu kabi elektr quvvatini talab qiladigan moslamalardan kam foydalanishini so’ramoqda.

Mas'ullar kuz-qish mavsumida juda ko’p aholi uyda bo’lishi va bu paytda elektr energiyasi ko’proq ishlatilgani uchun oktabr oyi ohirigacha bu tizimni yo’lga qo’yishga shoshilmoqda.

"Biz bu qishda iste'molchilarga foyda keltiradigan yangi xizmatni ishlab chiqmoqdamiz va tez orada qo'shimcha ma'lumotlarni e'lon qilamiz",- deydi Milliy tarmoq vakili.