Britaniyada qirol Charlz III portreti tushirilgan tangalar namoyish etildi

Britaniya qirollik zarbxonasi yangi qirol Charlz III tasvirlangan dastlabki ikkita tangani namoyish etdi. Qayd etilishicha, Monarx portreti tushirilgan 50 penslik tanga 3-oktabrdan muomalaga chiqarilishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko’ra, tangalardagi tasvir shaxsan monarx tomonidan ma'qullangan. Tangalarda Charlz III ko'p asrlik an'anaga mos bo'lmagan holda, chap tomonga qarab tasvirlangan (Yelizaveta II o'ngga qarab tasvirlangan). Shu bilan birga, Charlz III tangalarda tojsiz holda tasvirlangan.

Qirollik zarbxonasi kelasi hafta boshidan kollektorlarga birinchi Charlz III tangalarini sotishni boshlaydi. Yangi tangalar Yelizaveta II davrida chiqarilgan eski tangalar bilan birga banklar va pochta bo‘limlari talabiga ko’ra yil oxirigacha muomalaga chiqariladi.

Qirollik zarbxonasi rahbarining aytishicha, tangalar o'rtacha 20 yil davomida muomalada bo'ladi.

2023-yil boshidan zarbxona yangi qirol surati tushirilgan boshqa barcha tangalarni (bir pensdan ikki funt nominalda) zarb qilishni boshlaydi va ular birinchi 50 pensdagi kabi ko'rinishga ega bo’ladi.