Britaniyaning investitsiya jamg'armasi O'zbekiston fond bozorining kapitalizatsiyasini oshirdi

Chet el ommaviy axborot vositalarining ta'kidlashicha, faqatgina "Universal Sug'urta" sug'urta kompaniyasi aksiyalarining tez o'sishi "Toshkent" Respublika fond birjasida (RFB) ro'yxatga olingan kompaniyalarning umumiy kapitallashuvini bir necha oy ichida ikki martadan ko'proq oshirdi.

2021 yil 26-fevralda RFB ro'yxatiga kiritilgan kompaniyalar kapitallashuvi 110 trillion so’mdan, ya'ni 10,8 milliard dollardan oshdi. 2020 yil oxirida bu ko'rsatkich qariyb 55 trillion so'mdan, ya'ni 5,2 milliard dollardan past bo'lgan bo’lgan edi. Shuningdek, RFB savdo qoidalarini o'zgartirayotganini e'lon qildi.

Universal Sug'urta qiymatining o'sishi bilan Uzbek Composit Index (UCI) ham birgalikda yuqoriga ko’tarildi. Qog'oz qiymati oshganidan beri va 5 martgacha u deyarli ikki barobarga oshdi.