Bu mutlaqo asossiz gaplar Shavkat Mirziyoyev migrantlarga daromad soligʼini solish boʼyicha mulohazasini bildirdi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

Viloyatdan chet elga ketib, mehnat qilayotgan fuqarolarimiz imkon qidirib ketishgan. Imkon qidirgan odam fidoyi odam boʼladi. Ijtimoiy tarmoqlarda chetda yuradiganlarni daromad soligʼini tortish haqida gap chiqdi. Bu mutlaqo asossiz gaplar. Men, Xudo nasib qilib, rahbar boʼlib ishlasam, bunday boʼlmaydi. Ular oʼziga va oilasiga imkon yaratyapti, oʼzini ish bilan taʼminlayapti, oilasini boqyapti. Ularni men oʼz farzandlarim deb bilaman. Oʼtgan vaqtda biz ham ularni qoʼllab-quvvatlash uchun choralar koʼryapmiz.
Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida departament ochildi. Ularning hayoti va sharoitini yaxshilash, kasbga oʼrgatish uchun harakatlar qilinyapti.

Аholimizga murojaat qilib aytmoqchiman: koʼnglingiz toʼq boʼlsin, Oʼzbekistonda sizga imkon yaratish, (xorijda) toʼlayotgan coliqlaringizni kamaytirishga harakat qilamiz. Migratsiya masalasi boʼyicha Rossiya hukumatiga koʼp murojaat qilyapmiz.

Davlat, millat, prezident ularga otalik qilishi vazifadir. Ularning ogʼirini yengil qilishga harakat qilamiz. Oʼylaymanki, bu adolat namunasi boʼladi" - dedi Shavkat Mirziyoyev.