Bugun yana ikkita evakuatsiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axborotida 2-mart holatiga ko'ra, umumiy hisobda Ukrainadan Polsha hududi orqali beshta aviareyslar bilan 1 186 nafar vatandoshimiz olib kelingani qayd etildi.

Bugun yana ikkita evakuatsiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan. Birinchi reys Toshkent shahridan soat 07:00 da uchib ketgan bo'lsa, keyingisi soat 10:00 da parvoz qiladi.

Polsha hududida mamlakatimizning 800 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 350 nafari Polsha davlat chegarasidagi to'planish nuqtasiga, 450 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi tomonidan jangovar harakatlar ketayotganiga qaramay, mamlakatimiz fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Mamlakatimizning Polsha va Ukrainadagi diplomatik vakolatxonalari uzluksiz tartibda ishlamoqda. Fuqarolarimiz uchun issiq ovqat yetkazilib, zarur hollarda tibbiy xizmatlar ko'rsatilmoqda.