Bulgʻor qalampiri narxi qachon barqarorlashadi?

Aprel oyining ikkinchi yarmiga borib Oʻzbekiston bozorlarida bulgʻor qalampirining narxi barqarorlashi kutilmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi “Issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish” bo‘limi boshlig‘i Shavkat Azizov maʼlum qildi.

“Hozirda mamlakatimizdagi issiqxonalarda aholini ehtiyojini qondirish, ichki bozorlarni taʼminlash uchun yetarli miqdorda bulg‘or qalampirlari yetishtirilmoqda. Aprel oyining ikkinchi yarmida bulg‘or qalampirining narxi barqarorlashishi kutilyapti”, deydi Azizov.

Unga koʻra, ushbu mahsulot narxi ko‘tarilishiga yanvar oyida keskin sovuq bo‘lgani va o‘simlik vegetasiya davrida yetarli darajada issiqlik bilan ta’minlamagani sabab boʻlgan. Shuning natijasida bulgʻor qalampiri yetishtirish davri 20-25 kunga kechikkan.

Maʼlumot uchun, ayni vaqtda bozorlarda bulgʻor qalampiri oʻrtacha 50-60 ming soʻmdan sotilmoqda.