Bundan buyon O'zbekistonda diniy tashkilot 50 nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari tashabbusi bilan tuziladi

2021-yil 5-iyulda O'zbekiston Prezidenti 1991-yilda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonunga imzo chekdi va shu orqali qonunga o'zgarishlar kiritildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O'zgartirilgan qonunga muvofiq: Diniy tashkilot O‘zbekistonning 18 yoshga to‘lgan va 50 nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari tashabbusi bilan tuziladi. Ilgari 100 nafar edi.

Shuni ham qo'shimch qilib aytish kerakki, diniy tashkilotni davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan bog'liq xizmatlar elektron shaklda amalga oshiriladi va ro'yxatdan o'tish uchun adliya organlariga taqdim etiladigan hujjatlar soni kamayadi (bundan buyon mahalla fuqarolar yig'inlarining roziligi fuqarolarga kerak emas) va ularni ko'rib chiqish muddati uch baravarga qisqartiriladi - uch oydan bir oygacha.