Buxoro hokimligi darslarning boshlanish vaqtini 16-yanvarga koʼchirdi

Buxoro viloyati umumtaʼlim maktablari, oʼrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida 11-yanvar kunidan anʼanaviy tarzda oʼqish boshlangan edi.

Viloyat hokimligi sovuq ob-havo sharoitida koʼpchilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, Buxorodagi barcha taʼlim muassasalarida oʼqish 16-yanvar kunidan boshlanishini maʼlum qildi.

Shuningdek, maktabgacha taʼlim maskanlari ham oʼz ishini 16-yanvardan boshlashi belgilandi.