Buxoro viloyatidagi OTMlarning muqobil energiya manbalaridan foydalanish holati

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Buxoro viloyatidagi barcha oliy taʼlim muassasalarida qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalaridan foydalanish holati hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Datavval, vazir Buxoro davlat universitetida bo‘ldi.
Qayd etilganidek, universitetda 900 Vt quvvatga ega avtonom quyosh fotoelektrik elektrostansiyasi barpo qilingan. Buning yordamida 1 ta svetofor, darvozaga o‘rnatilgan shlagbaum va 4 ta 100 Vt li projektorlar ishlab turibdi.
Shuningdek, talabalar turar joyi issiq suv ta’minotida quyosh energiyasidan foydalanish maqsadida umumiy issiq suv hajmi 2200 litrni tashkil qiladigan 10 ta kollektor, universitet bosh binosi tomida umumiy quvvati 100 kVt bo‘lgan 182 ta monokristal quyosh paneli hamda 50 ta 150 Vtlik quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan yoritgichlar o‘rnatilgan.
Joriy yil davomida universitet elektr ta’minotining 70 % i mukobil energiya manbalari xisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.






