2 000 dan ziyod aholini ish bilan ta’minlagan buxorolik faol tadbirkor

Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi a’zolarining Buxoro viloyatiga ijodiy safari doirasida, loyihamiz asoschisi Davron Abdullaev “Faol tadbirkor” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan biznes vakili Nasriddin Rashidov bilan uchrashuv o’tkazdi.

Chiqindini qayta ishlash, Turizm salohiyatini rivojlantiruvchi yuqori standartlardagi 4 yulduzli Sahid Zarafshon mehmonxonasi va qator ishlab chiqarish korxonalari asoschisi bo’lgan, Buxoroda 2 000 dan ziyod aholini ish bilan ta’minlagan viloyatning yirik tadbirkorlaridan bo’lgan Nasriddin Rashidovga Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi tomonidan, loyihaning maqsad va faoliyati haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni taqdim etilib, navbatdagi son va uning rejalari haqida to’xtalib o’tildi.

Tadbirkor loyihamiz faoliyatini yuqori baholab, davomiy hamkorlik rishtalarini o’rnatishga tayyor ekanini bildirdi.