Buxoroda "Abdullaxon" madrasasining bir qismi qulab tushdi

Buxorodagi "Abdullaxon" madrasasining bir qismi, taxmin qilinganidek, uzoq muddatli noqulay omillar - issiqlik, sovuqlik va yer osti suvlari ta'siri tufayli qulab tushdi. Prokuratura ushbu ish yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Shuningdek, olimlar, restavratorlar va malakali mutaxassislar Buxorodagi texnogen jarayonlar natijasida eroziya va vayronaga uchragan 40 ga yaqin madaniy meros ob'ektlarini o'rganishdi. Bunday holatlarning oldini olish uchun hukumatga tavsiyanomalar yuborilgan.
Madaniy meros agentligi vakillari ishtirokida madrasaning qulab tushgan qismini tiklash ishlari boshlandi.






