Buxoroda xalqaro forum bo'lib o'tadi

Joriy yilning 23-24 iyun kunlari Buxoroda "2030 yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik" masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum bo'lib o'tadi.

Buxoro viloyatining tarixida ilk bor tashkil etilayotgan mazkur forumda parlament a'zolari va Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Yevropa parlamenti va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillari ham ishtirok etadi.

Ushbu forum arafasida Buxoro viloyati hokimi, Oliy Majlisi Senati a’zosi Botir Zaripov so‘zga chiqib, viloyat mehmonlari, barcha yig‘ilganlarni ana shunday xalqaro ahamiyatga ega forum bilan samimiy tabrikladi. Aksiya davomida yoshlar uchun ajoyib kuy-qo‘shiqlar, savol-javoblar tashkil etildi. Faol yoshlarga o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari hadya etildi.