Buyuk Britaniya O‘zbekiston fuqarolari uchun koronavirus cheklovlarni bekor qildi

O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, joriy yilning 10 - yanvaridan Buyuk Britaniya Oʻzbekistonda berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik sertifikatlarini rasman tan oladi.

Endilikda vaksina olgan o‘zbekistonliklar Angliyaga kirish uchun PCR testini taqdim etishlari shart bo‘lmaydi.

Buyuk Britaniyaga safar qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari xorijga chiqishdan kamida 14 kun avval to‘liq vaksinatsiya kursini o‘tagan bo‘lsalar, emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat haqiqiy hisoblanadi.

Buyuk Britaniyaga kirish uchun quyidagi vaksinalardan biri bilan emlanganlik bo‘lish shart:

Covaxin;
Moderna;
Janssen (bitta doza);
Novavax (Nuvaxovid va Covovax);
Oxford/AstraZeneca;
Pfizer/BioNTech;
Sinopharm Beijing;
Sinovac-CoronaVac.

Vaksinatsiya sertifikatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari endilikda Angliya hududiga kirish uchun PCR testini taqdim etishlari kerak bo‘lmaydi va ular 10 kunlik karantin o‘tish talabidan ozod qilinadi.

Shuningdek, Britaniya hududiga kirgandan so‘ng PCR testi o'rniga IFA-test (lateral flow test) topshiriladi.