Buyuk Britaniyada Charlz III portreti tushirilgan banknotalar taqdim etildi

Angliya banki yangi monarx qirol Charlz III portreti tushirilgan banknotlarni ommaga taqdim etdi. Qayd etlishicha, yangi pullar 2024-yilning o’rtalaridan boshlab bosqichma-bosqich muaomalaga kiritiladi.
Banknotalarda vafot etgan qirolicha Yelizaveta II ning yuzi o’rniga qirol Karlning tasviri tushirilangan. Manbaalarda qayd etilishicha, yangi monarx portreti 5, 10, 20 va 50 funt sterlinglik banknotlar dizaynidagi yagona o‘zgarishdir.
Britaniyada banknotalar bir necha yillardan buyon plastikdan yasalishini hisobga olsak, pullarni eskirishini uzoq kutishga to'g'ri keladi. Bu vaqt davomida Yelizaveta va Charlz tasviri tushirilgan banknotalar parallel ravishda muaomalada bo’ladi.
Qayd etish joizki, britaniyaliklar tomonidan Charlz III portreti tushirilgan ilk tangalar allaqochan muomalaga chiqarilgan edi. 50 pens nominalidagi yetti qirrali tangalar joriy yilning dekabr oyi boshidan mamlakat pochta bo’limlariga yetkazila boshlangan.






