Dekabrda isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʼrtacha 1,2 % ga oshgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning dekabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʼrtacha 1,2 foizga oshgan. 2022-yil davomida isteʼmol sektoridagi narxlarning oʼsish darajasi 12,3 foizga yetgan.

2022-yilning dekabr oyida narxlar va tariflar oʼsishida yetakchi oʼrinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari oʼrtacha 1,7 foizga oshdi.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,8 foizga va aholiga pullik xizmatlar koʼrsatish 1,1 foizga oshgan.