COVID-19 butun dunyo boʼylab taʼlim sohasiga sezilarli darajada zarba berdi

UNICEF hisob-kitoblariga koʼra, pandemiya taʼsirida daromadi past va oʼrta boʼlgan mamlakatlarda 10 yoshgacha oʼqishni bilmaydigan bolalar soni 50 foizdan 70 foizgacha o’sgan.

Shuningdek, resurslar kamligi sababli past va oʼrta darajada rivojlangan mamlakatlarda masofaviy taʼlim sifati pastligi ortidan pandemiya global taʼlimdagi tengsizlikni kuchaytirgani maʼlum qilindi.

Uganda pandemiya davrida maktablar eng uzoq vaqt yopilgan mamlakatdir. Ugandada maktablar 2020-yil 20-martdan 2021-yil 14-oktabrga qadar 60 hafta davomida toʼliq yopiq bo’lgan.

Hindiston va Nepaldagi maktablarning yopilishi ham 2021-yil 31-oktabr holatiga koʼra dunyodagi eng uzun taʼtil berilgan maktablar qatoriga kiritilgan.