“COVID-19”ning aniqlanishi murakkab bo’lgan yangi shtammi

Afrikada mavjud testlar bilan aniqlash juda qiyin boʼlgan omicron shtammining yangi turi topildi. Omicronning BА.2 nomli yangi kichik turi qitʼaning: Botsvana, Keniya, Malavi, Senegal va Janubiy Аfrika davlatlarida tarqalgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, aynan yangi tur (BА.2) Daniyada ham aniqlangan. Daniyalik olimlarning fikriga koʼra, kichik turning tarqalish koʼlami oshgan.

Niksi Gumede-Moletsining taʼkidlashicha, BА.2ni aniqlash juda qiyin, chunki omicron shtammini aniqlash uchun ishlab chiqilgan testlar uni koʼra olmaydi.

"Biz ushbu kichik tur haqida aniq tasavvurga ega boʼlish uchun butun dunyo boʼylab bir qator laboratoriyalar bilan oʼzaro hamkorlikda ishlamoqdamiz", dedi JSST rasmiysi.

BА.1 deb belgilangan omicron-shtammi birinchi marta oʼtgan noyabr oyida Janubiy Аfrika va Botsvanada topilgan edi. Juda tez tarqalgan bu COVID-19 varianti dunyoda yana bir koronavirus toʼlqinini keltirib chiqardi.