Davlat aktivini xususiylashtirishda nimalar oʼzgardi?

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Yer Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari tomonidan davlat roʼyxatiga olgandan soʼng tuman, shahar hokimliklari yer maydonini mulk yoki ijara huquqi asosida berilishini tasdiqlaydi, - deydi Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boʼlim boshligʼi Аhror Fayziyev. Yer mulk sifatida sotilayotganda soliq organlari tomonidan boshlangʼich narx belgilanadi, ijara asosidagi yerlar uchun davlat aktivlari boshqarmasi tomonidan narx belgilanadi va auksionga chiqariladi. Аhamiyatli tomoni, yerlar avval faqat ijara asosida chiqarilardi.

Yerlarni auksionga chiqarishda hududning bosh rejasi tayyorlangan boʼlsa yer mulk sifatida, bosh rejasi boʼlmagan hududdagi yer faqat ijara asosida realizatsiya qilinadi. Fuqaro tadbirkorlik maqsadida ijara asosidagi yer uchun auksionda gʼolib boʼldi, bino qurdi lekin mulk oʼzini emas. Bunday holda ijara bekor boʼlib, bino buzilishga tushishi ham mumkinmi, degan savollar koʼp uchramoqda. Shuni aytib oʼtish lozimki, boʼsh yer uchun mulk huquqi berilmaydi, yerni olgan tadbirkor bino qurgach yana murojaat qiladi va unga oʼsha yer mulk huquqi asosida beriladi.

Press-tur ishtirokchilari Jomboy tumanidagi sobiq ipak qurti boqish va maishiy xizmat koʼrsatish shaxobchasi bino-inshootlarining y-auksion elektron savdo platformasi orqali sotilishi va hozirgi holati bilan tanishdilar.

“RENT SERVICE GROUP” masʼuliyati cheklangan jamiyatining koʼrgazma pavilonlari tashkil etish loyihasi asosida auksionda qatnashib shu joyni yutib oldik. Ikki yildan ortiqroq davom etgan qurilish ishlaridan soʼng joriy yil mart oyida ochilish marosimi boʼldi va shu kungacha uchta yirik koʼrgazma oʼtkazildi. Yana ikkita yirik koʼrgazma oʼtkazish arafasidamiz. Koʼrgazma pavilonimizda 5 ming kvadrat metrdan ochiq va yopiq maydonlarimiz boʼlsa, 2023-2025-yillarda qoʼshimcha 10 ming kvadrat metr yopiq pavilon qurishni rejealashtirganmiz. Hozirda 60 ga yaqin ish oʼrni yaratilgan boʼlsa, ushbu loyiha amalga oshgach ish oʼrinlari 100 dan ortishi rejalashtirilgan”, deya ta’kidladi jamiyat direktorining moliyaviy masalalar boʼyicha oʼrinbosari Botir Ibragimov.