Davlat Dasturining 177 va 184 bandlari bajarilishiga mas'ul bo'lgan tashkilotlar axboroti tinglandi

"Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" Davlat dasturi ijrosi yuzasidan navbatdagi jamoatchilik eshituvi joriy yilning 17 avgust kuni o'tkazildi.
Tadbir O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi hamda "Yuksalish" umummilliy harakati bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbir davomida Davlat dasturining 177 va 184 bandlari ijrosi bo'yicha Sog'liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va Moliya vazirligining mas'ul rahbarlari bajarilgan ishlar yuzasidan keng jamoatchilikka axborot berdi.
Hususan, Dasturning 177-bandiga muvofiq, Respublika aholisini koronavirusga qarshi profilaktik emlash ishlarini tashkil etish;
184-bandga ko'ra, aholiga davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari bilan kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish kabi vazifalarning ijro holati yuzasidan mas'ullarning hisoboti tinglandi.
Uchrashuvda jamoatchilik vakillari vaksinasiya jarayonlarining sust kechayotganligi, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim tibbiy muassasalarda dori vositalarining etishmasligi sabab aholi tomonidan noroziliklar yuzaga kelayotgani borasida tanqidiy fikrlar taqdim etildi.






