Davlat va xususiy sheriklik loyihalari keskin ko‘paytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.
Farmonga muvofiq, energiya resurslari, transport va kommunikatsiya bozorlarini rivojlantirish va sohaga xususiy investitsiyalar kirib kelishi uchun sharoitlar yaratlib, ichimlik va oqova suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, obodonlashtirish, yo‘l qurilishi, aviatsiya infratuzilmasi sohalarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini keskin ko‘paytiriladi.
Shuningdek, farmonda xususiy mulk daxlsizligi va tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash borasidagi institutsional va ma’muriy islohotlarni davom ettirish hamda bu borada qonun ustuvorligini ta’minlash;
davlat ishtiroki saqlanib qolayotgan tovar va xizmatlar bozorini erkinlashtirish hamda ushbu sohalarga xususiy sektorning kirib kelishi uchun sharoit yaratish, monopoliyaga qarshi organning institutsional salohiyati va vakolatini kuchaytirish orqali sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarini transformatsiya qilish hamda xususiylashtirishni jadallashtirish, iqtisodiyotda samarasiz ishlayotgan korxonalar ulushini kamaytirish hisobiga sifat jihatidan yangi, xususan, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillariga asoslangan investitsiyalar va ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lgan texnologiyalarning ko‘payishini rag‘batlantirish;
pul va kapital bozorlarini yanada erkinlashtirish hisobiga moliya bozoridagi turli segmentlarning rivojlanishiga turtki berish, shu orqali xususiylashtirilgan va transformatsiya jarayonidagi korxonalarga o‘z faoliyatini moliyalashtirishning muqobil manbalarini shakllantirishga sharoit yaratish;
iqtisodiyotning drayver tarmoqlari, xususan, tog‘-kon, neft-gaz, kimyo, qurilish materiallari sanoati va boshqa sohalarni kafolatlangan xomashyo bazasi bilan ta’minlash uchun geologiya-qidiruv ishlariga, qazib chiqarish va qayta ishlash jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilishni jadallashtirish, mineral xomashyo bazasi zaxiralarini ko‘paytirishni qo‘llab-quvvatlash;
barcha soha va tarmoqlarda korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish;
davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shu jumladan, “komplayens” nazorat tizimini keng joriy etish, xaridlar tizimi shaffofligini ta’minlash orqali korrupsiyaning oldini olish kabi bandlar ham keltirilgan.