Davlat xizmatlari hamda Intellektual mulk agentliklari Adliya vazirligi tarkibida departament sifatida qayta tashkil etiladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tarkibida departament sifatida qayta tashkil etiladi.
Hujjat bilan ikki agentlik vazirlik tarkibida departamentlar sifatida faoliyat yuritadi. Qo‘shilish natijasida Adliya vazirligida respublika darajasidagi rahbarlar soni 2 barobarga qisqardi va boshqaruv xodimlari soni 110 taga kamaydi.
"Vazirlik tizimidagi boshqaruv tuzilmalari 666 tadan 222 taga, bir-birini takrorlovchi vazifalar 34 foizga, funksiyalar 46 foizga qisqarmoqda. Natijada 84,5 mlrd so‘m iqtisod qilinadi"
Bundan tashqari, tuman darajasida alohida faoliyat yuritadigan 4 ta tuzilma birlashtirilmoqda. Adliya bo‘limlari, DXM, FHDYO, yuridik xizmat markazlari tuman-shahar adliya bo‘limlari tarkibiga kiritilmoqda.






