Davstatqo‘m O‘zbekistondagi kichik tadbirkorlik subyektlar sonini e'lon qildi

2016-yilning mos davri bilan solishtirilganda subyektlar soni 2,2 barobarga oshgan.
Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2021 yil 1-sentyabr holatiga koʼra (fermer va dehqon xoʼjaliklarisiz) faoliyat koʼrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 462 303 tani tashkil etgan.
Bu 2016-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.
Yillar kesimida mamlakatimizda faoliyat koʼrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni:
- 2016 yilda – 209 220 ta
- 2017 yilda – 231 147 ta
- 2018 yilda – 253 179 ta
- 2019 yilda – 318 304 ta
- 2020 yilda – 383 901 ta
- 2021 yilda – 462 303 ta.






