Delegatsiya a’zolari pishloq ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi delegatsiyasi Ispaniya Qirolligida xizmat safarini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari xizmat safari davomida, Ispaniya Qirolligining Zamora shahrida joylashgan, Morales del Vino qo‘y sutidan pishloq ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada bo‘ldilar.

Oilaviy korxona o‘zining tarixiy an’analari asosida qo‘y sutidan pishloq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Mazkur korxonaning boshqa pishloq ishlab chiqaruvchi korxonalardan ajralib turadigan jihati, uning davlat tomonidan berilgan sifat sertifikatiga egaligidir. Delegatsiya a’zolari ishlab chiqarish zanjirining barcha bosqichlari bilan birma-bir tanishdilar.

Tashrif davomida qo‘ylarni parvarishlash, avtomatlashtirilgan sutni sog‘ish tizimi, sutni filtrlash jarayoni, pishloqni dastlabki holatga keltirish, tuzlash va saqlash jarayonlari to‘g‘risida korxona rahbari tomonidan batafsil ma’lumot berildi.