Diabetiklar uchun smartfonlarda yangi funksiya

Tandem Diabetes Care oziq-ovqat va farmasevtika kompaniyasi diabet bilan og'rigan bemorlarga iPhone va Android qurilmalarida insulin dozasini o'lchaydigan dastur ustida ishlamoqda.

Kompaniya o'z bayonotida insulin nasosiga ulanadigan T-Connect mobil ilovasi diabetga chalingan foydalanuvchilarga insulin dozasini to'g'ridan-to'g'ri smartfon orqali boshqarishga imkon berishini tasdiqladi.

Bu texnologiya foydalanuvchi ovqatdan keyin glukoza darajasining keskin ko'tarilishini oldini olish uchun qabul qilishi mumkin bo'lgan insulin dozasining ma'lum bir turi uchun ishlatiladi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, ushbu funksiya dasturiy ta'minot yangilanishi orqali bepul taqdim etiladi. Funksiya qachon ishga tushirilishi ma’lum emas, ammo ularning qayd etishicha, bu talab kuchli bo'lgan funksiyalardan biri edi.