Disney UFC janglarini translyatsiya qilish uchun 4,5 mlrdlik shartnoma imzolaydi

ESPN sport teleradiokompaniyasining aksariyat qismiga egalik qiluvchi "Disney" bir necha yil davomida sport musobaqalarini sotib olish bo'yicha ish olib borayotgan edi. Ko'plab manbalarning ta'kidlashicha, ular nihoyat bu borada qadam tashlagan.

2018-yilda ESPN UFCga 5 yillik shartnoma uchun 1,5 mlrd dollar miqdorida pul to'lagan edi. UFC rahbari Dana Uayt bu kelishuv UFC qiymatini 7 mlrd dollarga ko'targanini aytgan edi.

Endilikda, ESPN+Disney muddati 2025-yilda tugaydigan shartnoma bo'yicha UFC janglarini translyatsiya qilish uchun 150 mln dollarlik shartnoma imzolaydi. Agar ESPN kelishuvni yangilasa, "Disney" 4,3 mlrd dollardan ko'proq pul ishlashi mumkin bo’ladi.

P.S. UFCning trasnlyatsiya huquqi ayni damda ESPNga tegishli.