Dominikanlik erkak 24 kunni ochiq dengizda ovqatsiz o'tkazdi

Kolumbiya dengiz flotining ma'lum qilishicha, yelkanli qayiqda bo'lgan Dominikanlik 47 yoshli Elvis Fransua Kolumbiya suvlarida qolib ketgan. Uning so'zlariga ko'ra, yonidan boshqa qayiqlar tez-tez suzib o'tgan. Erkak ularni to'xtatmoqchi bo'lib, hatto olov yoqgan, lekin uni hech kim payqamagan.
"Menda ovqat yo'q edi. Faqat bir shisha ketchup, sarimsoq kukuni va bulyon kublari bor edi. Men dengizda 24 kun omon qolish uchun hammasini ozgina suv bilan aralashtirdim ", deyiladi Fransua tomonidan e'lon qilingan videoda.
Ma’lum qilinishicha, Fransua 2022-yil dekabr oyida Karib dengizidagi Sent-Martin orolida yelkanli qayig‘ini ta’mirlash vaqtida, ob-havo yomonlashib, dengizga chiqib ketgan.
"U navigatsiya bo'yicha hech qanday ma'lumotga ega bo'lmagani uchun dengizda adashib, yo'nalishini yo'qotib qo'ydi. Uning kema va bortdagi asbob-uskunalarni boshqarish bo'yicha urinishlari samarasiz bo'ldi", - deyiladi xabarda.
Fransua so'zlariga ko'ra, uning yonidan boshqa qayiqlar tez-tez suzib o'tgan. Dominikan ularni to'xtatmoqchi bo'lib, hatto olov yoqgan, lekin uni hech kim payqamagan. Natijada jabrlanuvchini samolyot ko’rib qolgan va Kolumbiya dengiz flotiga singhal bergan.






