Donald Trampning aytishicha, AQSh va Rossiya prezidentlarining sammiti oldidan Rossiya prezidenti Jo Baydenni masxara qilmoqda

Kapitoliyda yuz bergan “bo’ron”dan so’ng o’zining 2-marotaba chiqish qilishi vaqtida Donald Tramp AQShning yangi prezidenti Djo Baydenning Rossiyaga nisbatan siyosatini qattiq tanqid qildi va koronavirus tarqalishida Xitoy aybdor ekanligini aytdi.

Trampning AQSh Respublika partiyasining qurultoyida so’zlagan baland nutqi:

Demokratlar “mamlakatni vayron qilishmoqda” va “Amerikani chet ellik jinoyatchilar panasiga aylantirmoqda” deya da’vo qildi.

Xitoy va Rossiya Baydenni "ochiqdan-ochiq mazax qilayotganini" va Bayden Tramp to'xtatgan "Shimoliy oqim 2" ni qurishga ruxsat berganini ta’kidladi

Koronavirusning tarqalishida Xitoyni aybladi va dunyo davlatlari Pekindan kamida 10 trln. dollar miqdorida "zararni qoplashini" talab qilishlari kerakligini aytdi.

Iroq, Afg'oniston, Suriya va hatto Somalidagi urushlarni Trampning o’zi tugatganligini aytdi.

U yana demokratlarni saylovlarni qalbakilashtirishda aybladi va o'ziga qo'yilgan ayblovlarni rad etdi. "Men Amerika demokratiyasiga putur yetkazish uchun emas, balki uni saqlab qolish uchun harakat qildim”.

AQShning yuqumli kasalliklar bo'yicha bosh mutaxassisi Fauchini tanqid qildi va agar uning irodasi bo'lsa, amerikaliklar kelasi 6 yil davomida to'rtta niqob kiyib yurishini aytdi.

Tramp Facebookdagi ta’qiq to'g'risida: buni tugatish kerak /

Nihoyat, Tramp so'nggi yillarda birinchi marta sahnada demokratlarning unga qarshi olib borgan samarasiz tergovlarini tavsifladi.