Do'stlik va o'zaro ishonchni mustahkamlash yo'lida madaniy-gumanitar aloqalarni tiklash

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Sport va turizm vaziri-Aziz Abduxakimov, YUNESKOning ta'lim bo'yicha bosh direktori o'rinbosari Stefani Djianni, YUNESKO ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy komissiyasining bosh kotibi hamda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi ijrochi direktori Gayane Umerova, yetakchi xalqaro universitetlarning faxriy professorlari, Tojikiston, Pokiston, Yaponiya, Koreya, Italiya, Hindiston, Latviya, AQSh kabi davlatlardan ekspertlar va siyosatchilar ishtirok etgan xalqaro forum shunday nomlandi.
Majlisda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Sport va turizm vaziri-Aziz Abduxakimov davlatimiz rahbarining so'zlarini ta'kidladi:
"Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bugungi yalpi majlisda so'zlagan nutqlari, ilmiy, madaniy va gumanitar almashuvlarni kengaytirish, do'stlik va ishonchni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri ekanini ta'kidlash juda muhimdir. Shu bois Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Termiz shahrida YUNESKO ko'magida "Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy merosi" xalqaro forumini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
Konferensiya yakunida BMT Bosh Assambleyasi muhokamasiga taqdim etiladigan rezolyutsiyaning maxsus loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.