Draupadi Murmu Hindistonning ikkinchi ayol Prezidenti

Draupadi Murmu 64,03 foiz ovoz bilan saylovda g'alaba qozondi. Hindistonning amaldagi prezidenti Ram Nat Sinkhning vakolat muddati 25-iyul kuni yakunlangach, Draupadi Murmu prezidentlik lavozimida o’z faoliyatini boshlaydi.

Draupadi Murmu nomzodini "Bharatiya Janata Party" partiyasi Milliy Demokratik Alyansdan ilgari surdi. D.Murmu nomzodini mamlakatning bir nechta muxolif partiyalari ham qo'llab-quvvatlaganligi uning saylovlardagi g'alabasini ta'minladi.

P.S. Murmu respublikaning ikkinchi ayol prezidenti (birinchisi Pratibha Patil, 2007-2012). Bundan tashqari, u Hindistonning “erkin mamlakatda”, ya’ni 1947-yilda inglizlardan mustaqillikka erishganidan keyin tug‘ilgan birinchi Prezidenti bo‘ladi.