Dubayda 2025-yilgacha dunyodagi ilk 3D bosma masjid quriladi

Dubayning Islomiy Ishlar va Xayriya Ishlari Boshqarmasi dunyodagi ilk 3D bosma masjidning qurilishini eʼlon qildi. Ma’lum bo’lishicha, 2025-yilda Bur Dubay tumanida qurib bitkazilishi kutilayotgan masjid maydoni 2000 kvadrat metrni tashkil qiladi.
"3D bosib chiqarish texnologiyasidan foydalanish qurilish materiallarining isrof boʼlishini kamaytiradi. Bu atrof-muhitga doʼstona. Masjid dono rahbariyatimizning qarashlarini ifodalaydi. 3D bosma masjid uni odatiy yoʼl bilan qurishdan 30 foizga qimmatroq, chunki u bunday turdagi dunyodagi birinchi masjiddir. Biz undan 30 yillik qurilish kafolatini kutyapmiz.",- deya ta’kidlagan IACAD muhandislik boʼlimi direktori Аl Shayboniy.
Qayd etilishicha, masjid konstruktsiyasini 3D bosib chiqarishning oʼzi uchun tahminan 4 oy kerak. Bunda soatiga ikki kvadrat metr 3D bosib chiqarilishi uchun uchta ishchi robot printer bilan ishlaydi. Masjidning 3D konstruktsiyasi tayyor boʼlgach, uni kerakli narsalar bilan jihozlash va bezak ishlari uchun yana 12 oy kerak bo’ladi.






