Dubayda oy shaklidagi mehmonxona quriladi

Dubay qiymati 5 milliard dollarga teng bo'lgan “Moon Dubai” oy shaklidagi mehmonxona qurishni rejalashtirmoqda. Noyob bino Kanadaning Moon World Resorts arxitektura kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan.
Mehmonxonani 48 oyda qurish mumkinligi taxmin qilinmoqda. Uning umumiy balandligi 224 metr bo‘lib, yiliga 10 million mehmonni qabul qila oladi.
Loyiha mualliflarining taʼkidlashicha, Moon Dubai amirlik iqtisodiyotiga mehmondoʻstlik, diqqatga sazovor joylar, taʼlim, texnologiya, atrof-muhit va hattoki kosmik turizm kabi sohalarda hissa qoʻshadi.
Dam olish maskani eng zamonaviy arxitektura, muhandislik, dizayn va texnologiyalarga e'tibor qaratadi. Moon Dubai binosida turli kosmik agentliklar va ularning astronavtlari uchun o‘quv platformasi ham bo‘ladi.






