Dunyo aholisi sonining oʼsishi sekinlashmoqda

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2022-yilda 753,6 ming kishiga koʼpaygan.

Dunyoda doimiy aholi sonining yillik koʼpayishi:

2017-yilda – 86 mln. kishi;
2018-yilda – 84 mln. kishi;
2019-yilda – 81 mln. kishi;
2020-yilda – 76 mln. kishi;
2021-yilda – 68 mln. kishi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining maʼlumotlariga koʼra, 2022-yil 15-noyabr holatiga yer yuzidagi jami aholi soni 8034,3 mln. kishini tashkil etgan. Bunda, erkaklar 50,5 % va ayollar – 49,5 %.