Dunyo mamlakatlaridagi internet tezligi haqidagi ma'lumotlar yangilandi

Ookla kompaniyasining “Speedtest” xizmati joriy yilning yanvar oyi holatiga ko'ra dunyo mamlakatlaridagi internet tezligi haqidagi ma'lumotlarni yangiladi. Unga ko'ra, hozirda dunyodagi eng tez o'rtacha mobil internet tezligiga ega davlat Birlashgan Arab Amirliklari bo'lib, uning tezligi 161.15 Mb/sekundni tashkil qiladi.
Keng polasali o'rtacha tezlik borasida esa Singapur yetakchilik qiladi va uning tezligi 234.55 Mb/sekund.
Shuningdek, “Speedtest”da O'zbekiston 138 davlatlar orasida 13.61 Mb/sekund o'rtacha mobil internet tezligi bilan 122-o'rnini "saqlab qolgan" yoki o'rni o'zgarmagan.
Ukraina davlati xuddi shunday internet tezligi bilan 2022-yil dekabridan 2023-yanvar oyiga 6 pog'ona yuqoriga ko'tarilib chiqqan. Bundanda qizig'i shundaki, bir yil avval, 2022-yilning yanvar oyida O'zbekistondagi o'rtacha mobil internet tezligi sekundiga 13.85 Mb, Speed Global Indexdagi o'rni esa 115 edi.
Keng polosali internet yoki "simli internet" borasida ham natijalar qoniqarli deb bo'lmaydi. 2023-yil yanvar oyiga ko'ra O'zbekistondagi o'rtacha simli internet tezligi 43.94 Mb/sekund deya qayd etilgan. Mamlakatimiz bundan avvalgi oyga nisbatan 3 pog'ona pastga tushib 179 davlat orasida 92-o'rinni egallagan.






