Dunyo tan olgan mutafakkir

9-fevral, shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi va faylasuf Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
Navoiy ijodi nafaqat Oʻzbekistonda, balki Yevropa mamlakatlarida ham yuksak qiziqish bilan oʻrganiladi. Navoiy ijodi u yashab oʻtgan davrdayoq mukammal oʻrganila boshlagan va hamon oʻrganilmoqda. Uning ijodi va hayotiga bagʻishlab butun dunyoda minglab ilmiy ishlar, maqolalar, asarlar, filmlar, spektakllar, badiiy asarlar yaratilgan.
Eslatib o’tamiz, Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afgʻoniston hududidagi Hirot shahrining Bogʻi Davlatxona mavzesida tugʻilgan. Otasi Gʻiyosiddin Muhammad - Temuriylar saroyida xizmat qilgan, oʻz davrining nufuzli kishilaridan biri, oʻgʻlining tarbiyasi va taʼlimiga jiddiy eʼtibor bergan. Onasi (ismi nomaʼlum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi ekani aytiladi.






