Dunyoda yadro quroli bilan bog‘liq dasturlar faol ishlab chiqilmoqda

Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqoti instituti o‘zining so‘nggi hisobotlaridan birida “yadro klubi”ning barcha mamlakatlari (Rossiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Hindiston, Xitoy, Shimoliy Koreya, Pokiston, AQSH va Fransiya) yadro quroli bilan bog‘liq dasturlarni faol ishlab chiqayotganini qayd etgan.
Masalan, 2021-yil yanvarida dunyoda 12705 dona yadro arseanallari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bir yil o‘tib, ularning soni 13080 taga yetgan. Yaqin o‘n yillikda dunyoda yadro qurollari soni yana ortishi kutilmoqda.
"Kyodo" axborot agentligi xabariga ko’ra, Xitoy 2035-yilgacha yadroviy kallaklari zaxirasini 3 barobarga ko‘paytirib, ularning sonini 900 taga yetkazmoqchi.
Ma’lumotlarga ko’ra, Yadro kallaklarini ko‘paytirish ikki bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Birinchi bosqichda 2027-yilda PLA tashkil etilganining 100 yilligiga qadar u 550 taga ko‘paytirilsa, ikkinchi bosqichda, 2035-yilga borib arsenal 900 tagacha kengaytirilishi kutilmoqda.
Maanbalarga ko‘ra, Xitoy hozirda yadro arseanallari soni bo‘yicha 350 ta yadro kallaklari bilan Rossiya Federatsiyasi va AQSHdan keyin uchinchi o‘rinda turadi.






