Dunyodagi beshinchi inson OIVdan toʼliq tuzaldi

Germaniyada ildiz hujayralari transplantatsiyasi amalga oshirilgan 53 yoshli bemor OIV infeksiyasidan butunlay tuzaldi . Tadqiqotchilar uning tanasida hozirda virus yoʼqligini eʼlon qilishdi.
Malum bo’kishicha, erkak toʼrt yil avval OIVga qarshi dori-darmonlarni qabul qilishni toʼxtatgan. Bu uzoq muddatli remissiya emas, balki haqiqatan ham davolanish deya qayd etilgan.
Qayd etilishicha, bu dunyoda tasdiqlangan beshinchi holat. Barcha davolangan bemorlarga qon saratonini davolash uchun ildiz hujayralari transplantatsiyasi oʼtkazilgan. Ularning donorlari OIVga chidamli genetik mutatsiyaga ega boʼlib, u dunyo aholisining atigi 1 foizida mavjud.






