Dushanbe shahrida 1-O'zbek-Tojik mintaqalararo investitsiya forumi bo'lib o'tdi

9 iyun kuni Bohtar shahrida 1-o'zbek-tojik mintaqalararo investitsiya forumi bo'lib o'tdi.

Delegatsiya rahbarlari tomonidan hududlararo aloqalar va o'zaro savdoni rivojlantirishga e'tibor qaratildi. Geografik yaqinlik va qulay logistikani hisobga olgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sharoit yaratiladi. Shu munosabat bilan ikki mamlakatning chegaraoldi hududlari rahbarlari qo'shma biznes tashabbuslarini amalga oshirishda yangi loyihalar ishlab chiqish va tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shma ishlarni faollashtirishi zarurligi ta'kidlandi.

Iqtisodiy sheriklikni kengaytirish, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish uchun kooperatsiya aloqalarini yo'lga qo'yish va yuqori texnologiyali qo'shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish salohiyati qayd etildi. Shuningdek, tojik va o'zbek ishbilarmon doiralari vakillari faol va samarali hamkorlikka chaqirildi.

Ikki mamlakat hududlari va mutasaddi idoralari rahbarlari tomonidan avtomobilsozlik, to'qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati, qishloq xo'jaligi kabi tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasining yangi loyihalarini birgalikda amalga oshirish bo'yicha takliflar bildirildi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli qo'shma loyihalarni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida 50 million dollarlik ustav kapitaliga ega O'zbek-tojik investitsiya fondi tashkil etilmoqda.

Forum natijalariga ko'ra, avtomobillar, transformatorlar, maishiy texnika ishlab chiqarish, intensiv bog'lar, issiqxona komplekslari va qishloq xo'jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish bo'yicha qo'shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo'yicha bitim imzolandi, shuningdek, Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi eksport agentligi va O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi eksportni ilgari surish agentligi o'rtasida bitim imzolandi.