Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi “Katta dubulgʻa” turnirida 3 ta oltin medalga ega chiqdi

Poytaxtimizdagi “Yunusobod sport majmuasi” mezbonlik qilgan dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” turniri nihoyasiga yetdi. Dunyoning 49 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar oʻrtasidagi bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi Yaponiyadan soʻng umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.
Musobaqada sportchilarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor boʻlishdi.
Umumjamoa hisobida 1-oʻrinni dzyudo sport turi vatani Yaponiya terma jamoasi jami 9 ta medal bilan (4 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza), 3-oʻrinni Avstriya terma jamoasi jami 2 ta medal bilan(1 ta oltin, 1 ta kumush) yakunladi.
Qayd etish joiz, bu “Katta dubulgʻa” turnirlarida medallar soni boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi uchun yangi rekord! Ilk marotaba Oʻzbekiston dzyudo terma jamoasi medallar soni va sifati boʻyicha eng yuqori natijani qayd etdi.
Murosasiz bellashuvlarda Murodjon Yoʻldoshev -73 kg, Davlat Bobonov -90 kg va Alisher Yusupov +100 kg vazn tofasida oltin medalga ega chiqishdi. Qayd etish joiz, bu “Katta dubulgʻa” turnirlarida medallar soni boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi uchun yangi rekord! Musobaqa qahramonlarini yana bir bor eslab oʻtamiz:
Oltin medal:
-73 kg: Murodjon Yoʻldoshev
-90 kg: Davlat Bobonov
+100 kg: Alisher Yusupov
Kumush medal:
-66 kg: Sardor Nurillayev
Bronza medal:
-60 kg: Doston Roʻziyev
-66 kg: Muhriddin Tilovo
-81 kg: Muso Sobirov
-70 kg: Gulnoza Matniyazova






