Dzyudo boʼyicha jahon chempionati finalida Muzaffarbek Toʼraboyev oltin medalga sazovor boʼldi

Videoselektor yigʼilishi davomida Prezidentimizga Toshkentda oʼtayotgan dzyudo boʼyicha jahon chempionati finalida hamyurtimiz Muzaffarbek Toʼraboyev oʼz raqibini magʼlub etib, oltin medalga sazovor boʼlgani haqida xabar berildi. Davlatimiz rahbari ushbu yangilikni katta mamnuniyat bilan qarshi olib, sportchimiz va butun xalqimizni gʼalaba bilan tabrikladi.