EDPF bilan investitsion hamkorlikni rivojlantirishning yangi istiqbollari

Joriy yilning 13-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o'rinbosari L. Qudratov videokonferentsiya shaklida Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlanishiga ko'maklashish jamg'armasi (EDPF) rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazdi.

Kun tartibiga qo'shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog'liq dolzarb masalalar, shuningdek, yangi istiqbolli yo'nalishlar va sohalarni rivojlantirish orqali hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari kiritildi.

Koreyaning moliya institutlari bilan sarmoyaviy sheriklik o'sish sur'atlari tobora ortib borayotgani ta'kidlandi - sog'liqni saqlash, farmatsevtika, metallurgiya, mashinasozlik, ta'lim, kimyo sanoati va boshqa sohalarda yirik loyihalarni amalga oshirish bo'yicha ishlar faol olib borilmoqda, ularning aksariyati yakunlanish bosqichida yoki allaqachon foydalanishga topshirilgan.

Muloqot davomida Koreya tomoni istiqbolli yo'nalishlar - foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, biofarmatsevtik preparatlar ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi yangi loyihalar konsepsiyasini ko'rib chiqish uchun taqdim etildi.

Manba: mift.uz