Ehtiyojmand yolgʼiz ayollar farzandlari uchun davlat bogʼchalari toʼlovlari budjetdan qoplab beriladi

Yigʼilishda eʼlon qilingan xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha yana bir qator chora-tadbirlar belgilandi.

ehtiyojmand yolgʼiz ayollar farzandlari uchun davlat bogʼchalari toʼlovlari budjetdan qoplab beriladi;

yirik ishlab chiqarish korxonalari, toʼqimachilik klasterlari va kechki smenada aksariyat ayollar ishlaydigan korxonalar bogʼcha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi davlat tomonidan toʼlab beriladi;

27 ming nafar ayolning uy-joy sharoitini yaxshilash boʼyicha aniq rejalar belgilab olingan;

2022-yilda ipoteka kreditlari boʼyicha ajratiladigan subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yoʼnaltiriladi;

uy-joyga muhtoj 14 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara toʼlovlari uchun 500 ming soʼmgacha kompensatsiya beriladi;

2022-yilda respublika boʼyicha 1 mingta ijtimoiy uylar sotib olinadi;

viloyat hokimlari ushbu uylarning 700 tasini uy-joyga muhtoj yolgʼiz ayollarga ijaraga beradi, ushbu xotin-qizlar kasb-hunarga oʼrgatiladi.