Ekvador qayta ishlangan kokaindan binolar quruvchi birinchi davlat bo’ldi

Reuters nashri xabariga ko’ra, Ekvador davlati qayta ishlangan kokaindan binolar qurishni boshladi. Mamlakat ushbu texnologiyadan foydalanadigan dunyodagi birinchi davlat bo’ldi.

Qayd etilishicha buning sababi - mamlakatda musodara qilingan taqiqlangan moddalar hajmining ekstremal darajaga yetganligida.

Har hafta kokainning ko’p sonli paketlari qayta ishlash zavodlariga yuboriladi va u yerda boshqa chiqindilar bilan birga eziladi. Hosil bo'lgan kukun sement, qum va suv bilan aralashtiriladi. Buning natijasida, qurilishda fundamentga qo’shiladigan ma'lum bir qorishma tayyor bo’ladi.

Ta’kidlanishicha, kokainni yo’q qilishning bunday usuli uni yondirishdan ko'ra bir necha barobar tezroq hisoblanadi.