Ilon Mask Twitterʼni sotish shartini e'lon qildi

Dunyoning eng yirik millarderlaridan biri, Twitter egasi Ilon Mask BBCʼga bergan intervyusida platformani boshqarish qiyin ekanini aytib, agar mos xaridor chiqsa kompaniyani sotishga tayyorligini aytdi.
“Bu shunchaki ziyofat emas, nihoyatda boshni ogʻritadigan jarayon. Lekin u “roller coaster” atraksioniga oʻxshaydi, zerikarli emas”, deydi u.
Millarder soʻnggi vaqtlarda vaziyat ancha qiyin kechganini, biroq Twitterʼni sotib olish toʻgʻri qaror boʻlganini qoʻshimcha qildi.
Shuningdek, u Twitter uchun 44 milliard dollar taklif qilinsa, sotmasligini aytdi. Lekin, yangi xaridor haqiqatni yashirmasdan aytish g‘oyasiga sodiq bo‘lsa, kelishuv amalga oshishi mumkin.






