BAA kompaniyasi O'zbekistonning qayta tiklanadigan energetika sohasidagi loyihalariga investitsiya kiritadi

12-iyul kuni Toshkent shahrida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand va Jizzax viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi uchun loyiha kelishuvlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
"Masdar" kompaniyasi Abu-Dabi Future Energy Company nomi bilan tanilgan bo'lib, Abu-Dabida joylashgan qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishni rivojlantirishga ixtisoslashgan yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultanov:
“Bugungi kunda iqtisodiyotimiz, aholi farovonligi, elektr energiyasi iste’moli tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan bir paytda, biz eng yaxshi xalqaro tajribaga tayangan holda, qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘lgan quyosh va shamol asosida energiya quvvatlarini ko‘paytirish loyihalarini amalga oshirmoqdamiz. Bu borada O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi yutuqlari bilan tanilgan “Masdar” kompaniyasi bilan bir qator loyihalarni amalga oshirayotganidan xursandman”, – deya ta’kidladi.
O‘z navbatida, (BAA vakili) quyidagilarni qayd etdi:
“Ushbu loyihalar O‘zbekiston mintaqadagi toza energiya loyihalarida yetakchi rol o‘ynayotganini va iqlim o‘zgarishiga qarshi global harakatlarga o‘z hissasini qo‘shayotganini ta’kidlamoqda. Bu juda muhim vazifa hisoblanib, bu borada biz sizga yordam beramiz”.
"Masdar" kompaniyasi ushbu loyihalarga 300 million AQSH dollarigacha investitsiya kiritishi, loyihalar 2021 yilning dekabriga qadar moliyaviy yopilishi mo‘ljallangan hamda 2022 yilning birinchi choragida qurilish ishlari boshlanishi kutilmoqda.






