Endi dunyoda Xolera vabosimi?

JSST insoniyat yaqin kunlarda yangi epidemiyaga duch kelishi borasida asosli fikirlarga ega.

"Xolera oqibatida bemorlar hatto bir necha soat ichida jon taslim qilishlari mumkin. Shunga qaramay, zamonaviy tibbiyot maxsus muolajalar orqali xastalikni davolash imkoniyatiga ega. Kasallikka qarshi vaksinalar esa vabo profilaktikasida eng samarali chora.

Biroq dunyoning ba’zi mamlakatlari aholisi shundan ham bebahra. 2013-yilda hamkorlarimiz xoleraga qarshi vaksinalarning xalqaro zaxirasini yaratgandi. Ammo ular epidemiyaning oldini olish uchun yetarli emas. Shu bois, bu borada shoshilinch choralar ko‘rishimiz zarur", — deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus.

Tedros Gebreyesusning ta’kidlashicha so’ngi bir yilda ushbu xastalik epidemiyasi 27 mamlakatda insonlar hayotiga zomin bo’ldi. Oxirgi 6 hafatada Suriyada kuzatilgan epidemiya oqibatida 10 ming nafardan ortiq kishida xavfli infekisya borligi gumon qilingan. Pokistonda 1500 kishi ushbu infeksiyaga chalinib hayotdan ko’z yumdi. Agar epidemiyaning oldini olinmasa yaqin kunlarda dunyo yangi pandemiya bilan yuzlanashi mumkin.

P.S. Xolera vabosi ingichka ichakning zararlanishi, intoksikasiya, umumiy ahvol og‘irlashuvi va organizm suvsizlanishi bilan kechadigan o‘ta xavfli o‘tkir infeksion kasallik hisoblanadi.