Endi moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 4-aprel kuni imzolangan qonun bilan “Iste'mol krediti to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, endi moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) iste’molchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.

Moliyaviy iste’mol krediti berish iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchining (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.