Energetika masalalarini hal qilishda qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi

Аyni paytda Prezident poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida yigʼilish oʼtkazmoqda. Yigʼilishda Toshkent shahrining elektr energiyasi va tabiiy gazga ehtiyoji tobora ortib borayotgani taʼkidlanib, energetika masalalarini toʼliq hal qilish uchun barcha hisob-kitoblar qilingani aytildi.

Аvvalambor, qayta tiklanuvchi energiya salohiyatidan foydalanish zarur.

Shaharda kamida 2 ming megavattga yaqin quvvatli quyosh panellarini oʼrnatish mumkinligi qayd etildi. Bu ishlar bilan koʼp qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlari, davlat idoralari va tadbirkorlik binolarining tom qismi, sanoat zonalari hududi, avtoturargohlar va yirik suv inshootlari hududini qamrab olish mumkin.

Bu choralar koʼrilsa, hisob-kitoblarga koʼra, 2023-yilda kutilayotgan 240 million kilovatt soatlik talabni 4 baravar ortigʼi bilan, yaʼni 1 milliard 80 million kilovatt soat hajmda taʼminlash imkoniyati paydo boʼladi.