Energetika vazirligi va «Gazprom» oʼrtasida hamkorlik boʼyicha «yoʼl xaritasi» imzolandi

Oʼzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʼrtasida gaz sohasida hamkorlik boʼyicha muzokaralar oʼtkazildi va unda Rossiyadan Oʼzbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Imzolangan “yoʼl xarita”ga muvofiq tomonlar oʼrtasida tuzilgan Ishchi guruh Qozogʼiston va Oʼzbekiston hududidan oʼtuvchi “Oʼrta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur boʼladigan texnik chora-tadbirlarni oʼrganish kelishildi.
Ishchi guruh texnik jihatdan barcha ishlarni yakunlagandan soʼng, tabiiy gazni yetkazib berish boʼyicha asosiy shartlarni muhokama qilinadi.
Taʼkidash joizki, olib borilgan muzokaralar hamda “yoʼl xaritasi”da Oʼzbekistonning mavjud gaz transporti tizimiga egalik huquqini toʼliq saqlagan holda ichki bozorga tabiiy gaz zarur miqdorlarda yetkazib berish maqsad qilingan. Bunda, gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid yoʼq.
Kelgusida ushbu yoʼnalishdagi barcha ishlar Oʼzbekistonning milliy manfaatlarini toʼliq himoya qilgan holda amalga oshirilib, natijalari yuzasidan doimiy ravishda jamoatchilikka maʼlum qilib boriladi.






