Eng yosh jahon chempioni Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Qozogʼistonlik shaxmatchi Bibisara Аsaubayeva 17 yoshida eng yosh jahon chempioniga aylandi va Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
«Qozogʼistonlik Bibisara Аsaubayeva ayollar oʼrtasida blits boʼyicha eng yosh jahon chempioni hisoblanadi. Bibisara 2021-yil 30-dekabr kuni Polshaning Varshava shahrida 17 yoshida ayollar oʼrtasidagi blits boʼyicha jahon chempionatida gʼolib chiqdi.
Bibisara ushbu chempionatda tezkor shaxmat boʼyicha 2-oʼrinni egalladi. Hal qiluvchi oʼyinlarda Bibisara gruziyalik tajribali shaxmatchi – grossmeyster Nanu Dzagnidze, uning hamyurti Аsel Serikbayni magʼlubiyatga uchratib, chempionat gʼolibi, xalqaro grossmeyster Аleksandra Kostenyuk bilan durang oʼynadi.
Qozogʼiston tarixida ilk bor kattalar oʼrtasidagi jahon chempionati gʼolibi Bibisara Аsaubayeva 2004-yil 26-fevralda Tarazda tugʼilgan.
P.S. Bibisara ayollar oʼrtasida grossmeyster (2019). Erkaklar oʼrtasida xalqaro usta (2020). Blits boʼyicha jahon chempioni (2021).






